Zamonaviy maktab
Xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar
Radjabova Z. I. rahbarligida maktab «Eng zamonaviy maktab» deb e'tirof etildi, Bonn va Axen bilan loyihalar davom ettirildi, PASCH va Goethe sertifikatlari rivojlandi.
Tarixiy davr
Maktab kapital ta'mirdan chiqarildi, zamonaviy o'quv jihozlari bilan ta'minlandi. 2018-yilda PASCH loyihasiga qo'shildi; 2023-yilda Inda-Gymnasium bilan hamkorlik boshlandi.
Radjabova Zamira Istamovna direktor bo'ldi
2004-yildan boshlab Radjabova Zamira Istamovna maktab direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligida maktab yangi bosqichga ko'tarildi.
BatafsilSPICE loyihasi EXPO-2010 Shanxayda taqdim etildi
O'quvchilar Xitoyning Shanxay shahrida o'tkazilgan «EXPO-2010» xalqaro ko'rgazmasida SPICE loyihasini nemis tilida taqdim etishgan.
BatafsilPASCH loyihasiga qo'shildi
2018-yilda Toshkentdagi Germaniya elchixonasi va Goethe-Institut tomonidan maktab «PASCH — kelajak maktablari hamkorligi» loyihasiga kiritildi.
BatafsilInda-Gymnasium bilan hamkorlik boshlandi
2023-yilda Axen shahridagi Inda-Gymnasium maktabga «O'quvchi va o'qituvchilar almashish» loyihasini taklif qildi. Avgustda hamkorlik bitimi tuzildi.
BatafsilInda-Gymnasium o'quvchilari Buxoroda
2023-yil oktyabr oyida 15 nafar Inda-Gymnasium o'quvchisi va 3 nafar o'qituvchisi maktabda kutib olindi. Nemis o'quvchilari o'zbek oilalariga joylashtirildi.
BatafsilMaktabning 70 yillik yubileyi
«Mening maktabim» xotira kitobi maktabning 70 yillik yubileyiga bag'ishlangan. Kitobda maktab tarixi, ustozlar xotiralari va fotoarxiv jamlangan.
Batafsil14 o'quvchi Axenga jo'nadi
2024-yil aprelda 4-maktabning 14 nafar o'quvchisi 2 nafar o'qituvchi boshchiligida Axen shahriga jo'nab ketdi. Ular nemis oilalarida yashashdi.
Batafsil100 dan ortiq o'quvchi xalqaro sertifikat oldi
2024–2025 o'quv yilida 100 dan ortiq o'quvchi IELTS, Goethe A1–C1 va milliy sertifikatlarga ega bo'lgan.
BatafsilMaktab Fridrix Shiller nomi bilan ataldi
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi taklifi va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi qo'llab-quvvatlashi bilan maktab buyuk nemis faylasufi, dramaturg va shoir Fridrix Shiller nomi bilan atalishga munosib deb e'tirof etildi.
BatafsilMaktab «21-asr maktabi» deb e'tirof etildi
Germaniya Ekologiya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va UNESCO tomonidan maktab «21-asr maktabi» deb e'tirof etildi.
BatafsilMaktab «Eng zamonaviy maktab» deb e'tirof etildi
Maktab ta'limini rivojlantirish, o'quvchilarning bilim olishi uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgani sabab maktab «Eng zamonaviy maktab» deb e'tirof etildi.
Batafsil