Bank sinflarida matematika va bank ishi chuqurlashtirilgan reja asosida o'qitilgan. «Yashil chiroq» ko'rik-tanlovida o'quvchilar Respublika bosqichida 4 marta g'olib bo'lgan.
Bog‘liq shaxslar
Bog‘liq hamkorlar
Yaqin yillar.
BarchasiYurgen Rayss nemis tilidan dars berdi
Germaniya elchixonasi orqali germaniyalik o'qituvchi-mutaxassis Yurgen Rayss maktabga taklif etildi. U 1994–2000-yillarda nemis tilidan dars bergan.
2000Bonn bilan hamkorlik boshlandi
Buxoro va Bonn birodar shaharlar deb e'lon qilingach, maktab Bonn shahridagi Beethoven-Gymnasium bilan «O'quvchilar almashish» loyihasini boshladi.
2000SPICE ekologiya loyihasi boshlandi
Bonn shahridagi Emilie-Heyermann-Schule bilan «Energiyani iqtisod qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» — SPICE loyihasi amalga oshirilgan.
2002Bonn hokimi Berbel Dikmann maktabda
2002-yil mart oyida Bonn shahri hokimi Berbel Dikmann xonim maktabda tantanali kutib olindi. Tashrif Navro'z bayrami bilan uyg'unlashgan.